O'ZBEKISTON MAKTAB TA'LIM SOHASIDA UNUTILMAS HODISA

O'ZBEKISTON MAKTAB TA'LIM SOHASIDA UNUTILMAS HODISA

Xalq ta'limi vazirligi hamda "STARS International University" qoshidagi Maktablarni rivojlantirish jamg'armasi o'rtasidagi hamkorlik to'g'risidagi memorandum doirasida Britaniya Milliy maktab dasturi bo'yicha kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari (DIGI)ni joriy etish bo'yicha faoliyat boshlandi. Ushbu xalqaro dastur mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "1 million dasturchi" loyihasini sifatli amalga oshirishga imkon beradi.

"STARS International University" qoshidagi Maktablarni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan taqdim etilgan boshlang'ich va o'rta ta'limning kompleks o'quv dasturi (Digi) O'zbekiston maktablariga 1-11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilarga IT bo'yicha bilim va ko'nikmalarni osonlik bilan berish imkonini beradi.

Ushbu dasturning o'ziga xosligi shundaki, maktabni tamomlagandan so'ng o'quvchilar davlat attestati bilan bir qatorda IT mutaxassisligi bo'yicha Britaniya attestati, TOEFL va SАТ xalqaro sertifikatlarini ham oladilar.

Maktablarni rivojlantirish jamg'armasi 1-11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar va o'qituvchilarni "Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi Respublika ta'lim markazi" tomonidan akkreditatsiya qilingan barcha zarur o'quv qo'llanmalari bilan bepul ta'minlaydi.

Britaniya Milliy maktab dasturi bo'yicha kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari (DIGI) Buyuk Britaniya bilan bir qatorda Xitoy, Malayziya, Singapur, Saudiya Arabistoni, JAR va boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Maktabingizning Maktablarni rivojlantirish jamg'armasi bilan hamkorlik qilish va ariza berish uchun quyidagi havola orqali o'ting:

https://stars.university/ru/digistars

Yoki quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling:

+998 95 191 91 11


Boshqa yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi.Navro'z bayrami bilan tabriklaymiz!YURISPRUDENSIYA — YENGI BOSQICH. O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI MARTA

2026 - 2027 o‘quv yili uchun qabul ochiq

Ro‘yxatdan o‘tish 1-iyungacha

Kurs: Pre-Foundation

Davomiyligi: 3 oygacha (iyun–avgust)

Dars jadvali: har bir fan bo‘yicha haftasiga 3 marta

STARS University’dagi birinchi yil dunyoning Top-100 reytingidagi universitetlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan!

STARS safiga qo‘shilingSharhlarni ko‘rish

Ariza qoldirish

Telefon*