STARS bakalavriati
Xorijdan kelayotgan va xorijiy OTMlardan STARS bakalavriatiga ko‘chayotganlar Study in Uzbekistan orqali ariza topshirishi shart.
Study in Uzbekistan — O‘zbekiston universitetlari va dasturlari bilan tanishish hamda o‘qishga ariza topshirish platformasi. Xorijiy abituriyentlar STARS’ga kirish, xorijiy OTM talabalari esa o‘qishini ko‘chirish uchun ariza topshirishi mumkin.
STARS’ga ariza topshirishSiz Study in Uzbekistan platformasidagi STARS sahifasiga o‘tasiz.Xorijdan kelayotgan va xorijiy OTMlardan STARS bakalavriatiga ko‘chayotganlar Study in Uzbekistan orqali ariza topshirishi shart.
NCC Education Foundation va International Foundation Year — 1+3 uchun ushbu platforma orqali ariza majburiy emas. Qabul bevosita STARS orqali rasmiylashtiriladi.
International Year One — 2+2 va International Year Two — 3+1 uchun ariza tartibi individual aniqlanadi.
Study in Uzbekistan’da shaxsiy kabinet yarating.
STARS sahifasini ochib, mavjud dasturni tanlang.
Shaxsiy, aloqa va avvalgi ta’lim ma’lumotlarini kiriting.
Platforma so‘ragan hujjatlarni yuklang.
Ma’lumotlarni tekshirib, arizani yuboring.


Komissiya hujjatlarni tekshiradi va qaror qabul qiladi.
Ariza topshirish avtomatik qabul degani emas. Qaror hujjatlar ko‘rib chiqilgach qabul qilinadi.
STARS bakalavriatiga ko‘chirish uchun Study in Uzbekistan orqali ariza topshirish kerak. Kurs avvalgi ta’lim hujjatlari va o‘tilgan fanlar ko‘rib chiqilgach belgilanadi.
STARS’ga ariza topshirishSTARS qabul komissiyasi dastur, ariza va hujjatlar bo‘yicha yordam beradi.
+998 78 129 19 19info@stars.university@stars_administartionTelegram’da yozish