Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashrifi chogʻida Xiva shahriga tashrif buyurdilar.
Qardosh turkiy davlatlar rahbarlari taʼkidlaganlaridek, oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining shonli tarixiy aloqalari bugungi kunda koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Oliy martabali mehmonlarga oʻzbek va ozarbayjon folklori, qoʻshiqlari va raqslaridan iborat konsert dasturi taqdim etildi. Konsert dasturidan soʻng Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat madaniyat va sanʼat vakillari oldiga kelib, Ozarbayjon Respublikasi rahbari Oʻzbekistonga tashrifi taassurotlarini bildirdi.
Toshkentdagi STARS International University taʼlim sohasida ikki qardosh turkiy davlatning yuksak yutugʻi va timsolidir. Universitet talabalariga xalqaro standartlar boʻyicha yangi darajadagi taʼlimni taklif etadi.
Yaqin kelajakda Urganch shahrida GRBS xalqaro litsenziyalangan oʻquv imtihon markazi, shuningdek, STARS International University filiallarini ochish rejalashtirilgan boʻlib, bu taʼlim sohasida ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga, bilim almashishga va ilm-fanda yaqin hamkorlikka hissa qoʻshadi.
Video: Bir millat, Ikki davlat Ozarbayjon - Oʻzbekiston







