STARS International University, "Accounting & Audit" yo'nalishi bo'yicha ikkinchi kursga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalarni qabul qilishni e'lon qiladi!
Markaziy Osiyoda faqat STARSda, o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagandan so'ng, STARS International University bakalavr diplomi bilan bir qatorda, dunyoning barcha mamlakatlarida tan olinadigan ACCA professional global tashkilotining 2 ta Britaniya diplomini va Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 50 ta universiteti va dunyoning eng yaxshi 300 ta universiteti qatoriga kiruvchi OXFORD BROOKS UNIVERSITY diplomini olishingiz mumkin.
O'zbekistonda birinchi marta faqat STARSda o'quv rejasiga SAP, 1C, Microsoft global xalqaro dasturlari bo'yicha fanlar ham kiritilgan.
STARS tomonidan O'zbekistonda taqdim etilayotgan Britaniya diplomlaridan birini olish uchun Buyuk Britaniyada o'qish narxi xalqaro talabalar uchun yiliga 35 000 dollarni tashkil etadi, shu bilan birga O'zbekistonda talabalarimiz uchun kunduzgi bo'lim uchun bu yiliga 24 000 000 so'm (~2 200$) ga tushadi.
Ariza topshirish muddati yaqinlashmoqda.
Boshqa OTMlardan talabalarning arizalari STARSda, dushanbadan jumagacha ish vaqtida: 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va ko'rib chiqiladi.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling:
+99878 129 19 19
Manzilimiz: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi, Qutb 2. Mo'ljal: Pushkin metro bekati







