Bu kunlarda universitet faoliyatida navbatdagi muhim voqea yuz berdi - STARS International University O'ZBEKISTON OSHPAZLAR ASSOTSOTSIYASIGA a'zo bo'ldi!
Bugungi kunda universitetimizda talabalar, xodimlar va mehmonlar uchun ovqat tayyorlash, samarali vaqt o'tkazish hamda qulaylik yaratish bo'yicha xalqaro standartlarga mos keladigan ideal sharoitlar yaratilgan.
Xususan, universitet oshxonasida sirtqi bo'lim talabalari bepul issiq ovqat bilan ta'minlanadi, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlari taomlari taqdim etiladi.
Universitetning Assotsiatsiya a'zoligiga kirishi, shubhasiz, uning kelgusi faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Bularning barchasi Toshkentimizning eng yaxshi restoranlariga raqobatchi bo'ladigan ulkan va keng ko'lamli STARS KITCHEN loyihasi arafasida sodir bo'lmoqda.
Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring!







