O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan universitetimizga Buyuk Britaniyaning global Sertifikatlangan Kiyin Buxgalterlar Assotsiatsiyasi mintaqaviy rahbariyati delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida ACCA Yevroosiyo rahbari – Katka Beneshova, ACCA Qozog‘iston rahbari – Zhanna Iskenova, shuningdek, mintaqaviy rivojlanish menejeri – Kuandik Moldabayev ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida ACCA vakillari hamkorlikni yanada rivojlantirishning global istiqbollari haqida so‘zlab berishdi va STARS International Universityni kelgusi noyob tashabbuslar va ishlanmalarda qo‘llab-quvvatlashga to‘liq tayyor ekanliklarini bildirdilar. Biz fakultetimizdagi yutuqlarimiz haqida batafsil ma'lumot berishga, mintaqada ACCA malakasini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kelgusi strategiyani belgilashga, va, albatta, STARS International University milliy bakalavriatining 52309000 – Buxgalteriya hisobi va Audit yo‘nalishi bo‘yicha Buyuk Britaniya hukumati tomonidan ECCTIS (UK ENIC) milliy agentligi tomonidan tan olinganligi haqidagi ajoyib yangilikni bildirishga muvaffaq bo‘ldik. Universitet tomonidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha beriladigan diplom Buyuk Britaniya universitetlari bakalavr diplomiga ekvivalent deb tan olinadi va Buyuk Britaniya ta'lim tizimida nostrifikatsiyani talab etmaydi.
ACCA malakalarini o‘qitish va tegishli global sertifikatsiyada ko‘p yillik va muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lgan STARS International University, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan va davlat tilida ACCA tomonidan akkreditatsiya qilingan yagona bakalavriat dasturini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha ulkan ishni amalga oshirdi. Ushbu dastur bitiruvchilari ingliz yoki rus tillaridagi ACCA rasmiy imtihonlaridan ozod qilinadi.










