O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamoat boshqaruvida korrupsiya omillarini tubdan qisqartirish, shuningdek, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6257-son Farmoniga asosan, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya kelib chiqish sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda, yangi O‘zbekistonda poraxo‘rlikka qarshi kurashish sohasida jiddiy tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida davlat tashkilotlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartini joriy etish boshlandi.
STARS International University O‘zbekistondagi davlat, nodavlat va xalqaro Oliy ta’lim muassasalari orasida ISO 37001:2016 – «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi – Talablar va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» standartini joriy etishni boshlagan birinchi OTM hisoblanadi.
Ma’lumki, universitet o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning malakasi va ish sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu munosabat bilan ISO 37001:2016 xalqaro standartini taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimot davomida aynan ushbu standartni joriy etish va universitet faoliyatida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, o‘qish davrida talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi, oliy ta’lim muassasasi va uning subpudratchilari, shuningdek, hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Video: Universitetda ISO 37001:2016 xalqaro standarti joriy etilmoqda







