Hurmatli fuqarolar, hushyor bo'lishga chaqiramiz!

Hurmatli fuqarolar, hushyor bo'lishga chaqiramiz!

Ba'zi amaldagi maslahat kompaniyalari o'z faoliyatida jiddiy xatolarga yo'l qo'yadi.

Ular ariza beruvchilarning ishonchini qozonib, ularga imtihonlarsiz universitetimizga kirish imkoniyatini va'da qiladilar, xizmat uchun katta miqdorda pul talab qiladilar.

Ogohlantiramiz

Faqat STARS International University qabul komissiyasi abituriyentni talaba sifatida qabul qilish to'g'risida qaror qabul qiladi.

O'z navbatida, shuni eslatib o'tmoqchimizki, maslahat kompaniyalari asosiy vazifasi o'qishni istagan yoshlarni jalb qilish, ularga Oliy ta'lim muassasasi haqida to'liq ma'lumot berish va hujjatlarni yig'ishda yordam berishdan iborat.

Sizdan iltimos!

Maslahat agentligiga murojaat qilayotganda, STARS International University bilan hamkorlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjatni so'rang.

STARS International Universityda o'qishni istagan yoshlar, universitetimizning rasmiy veb-saytida https://stars.university/ va ijtimoiy tarmoqlarida ko'rsatilgan korporativ raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari so'raladi.

Shuningdek, siz bizning Kampusimizga tashrif buyurib, barcha imkoniyatlar bilan shaxsan tanishishingiz mumkin.

Hushyorlik - zamon talabi


Boshqa yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi.Navro'z bayrami bilan tabriklaymiz!YURISPRUDENSIYA — YENGI BOSQICH. O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI MARTA

2026 - 2027 o‘quv yili uchun qabul ochiq

Ro‘yxatdan o‘tish 1-iyungacha

Kurs: Pre-Foundation

Davomiyligi: 3 oygacha (iyun–avgust)

Dars jadvali: har bir fan bo‘yicha haftasiga 3 marta

STARS University’dagi birinchi yil dunyoning Top-100 reytingidagi universitetlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan!

STARS safiga qo‘shilingSharhlarni ko‘rish

Ariza qoldirish

Telefon*