KPMG
22-fevral kuni universitet kampusida O‘zbekistondagi xalqaro kompaniya KPMG vakillari bilan samarali suhbat bo‘lib o‘tdi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadi - talabalarni kelajakdagi stajirovka va KPMG'da ishga joylashishlari uchun sifatli tayyorlashni ta'minlashdir.
KPMG nafaqat professional konsalting xizmatlari sohasidagi yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri, balki yosh mutaxassislar va tajribali xodimlar uchun ham eng istiqbolli ish beruvchilardan biridir.
KPMG'ni tanlab, siz shaxsiy va kasbiy rivojlanish, shuningdek, xalqaro tajriba orttirish uchun yangi imkoniyatlarni kashf etasiz. Yillik Fortune biznes jurnali ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya AQShning 100 ta eng yaxshi ish beruvchilari reytingiga kiradi.







