STARS O'zbekiston tarixida SAPni qo'shimcha global sertifikatsiya bilan o'quv dasturiga kiritgan birinchi universitet

STARS O'zbekiston tarixida SAPni qo'shimcha global sertifikatsiya bilan o'quv dasturiga kiritgan birinchi universitet

SAP

  STARS International University SAP Universitet Alyansiga qo'shildi, bu universitetga o'quv jarayonida SAP dasturiy yechimlaridan foydalanish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beradi.  Hamkorlik doirasida bakalavriat ta'lim yo'nalishi «52309000 - Buxgalteriya hisobi va audit» o'quv rejasiga SAP S/4HANA modullarini o'rganish integratsiya qilindi. Talabalar SAP Universitet Alyansining o'quv materiallari asosida ta'lim oladilar, shuningdek, SAPdan xalqaro sertifikatni keyinchalik olish bilan birga professional sertifikatsiyadan o'tishlari mumkin bo'ladi. Bu esa bitiruvchilarimizga nafaqat dunyodagi eng ilg'or va talabgir IT-yechimlari bilan ishlash ko'nikmalarini kafolatlabgina qolmay, balki dunyoning yetakchi kompaniyalarida kelajakda ishga kirishda qo'shimcha ustunlik ham yaratadi.

⠀

Shuni ta'kidlash joizki, SAP Universitet Alyansiga dunyoning eng yaxshi 100 ta universitetlari qatoriga kiruvchi Cardiff University, University College London, Sheffield University, Queen Mary University of London, University of Exeter, University of Warwick, University of Melbourne, University of Sydney, University of Pennsylvania, University of Michigan va boshqalar kabi yetakchi va eng nufuzli universitetlar kiradi.

SAP - korporativ dasturlar bozorida jahon yetakchisi. Bozor kapitallashuvi bo'yicha SAP dunyoda uchinchi eng yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniyadir. Dunyo bo'ylab 180 ta mamlakatda 440 000 dan ortiq mijozlar SAP dasturiy yechimlari va xizmatlaridan foydalanadi.


Boshqa yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi.Navro'z bayrami bilan tabriklaymiz!YURISPRUDENSIYA — YENGI BOSQICH. O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI MARTA

2026 - 2027 o‘quv yili uchun qabul ochiq

Ro‘yxatdan o‘tish 1-iyungacha

Kurs: Pre-Foundation

Davomiyligi: 3 oygacha (iyun–avgust)

Dars jadvali: har bir fan bo‘yicha haftasiga 3 marta

STARS University’dagi birinchi yil dunyoning Top-100 reytingidagi universitetlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan!

STARS safiga qo‘shilingSharhlarni ko‘rish

Ariza qoldirish

Telefon*