«Oʻziga ishonch va minnatdorchilik»
24-fevral kuni STARS International Universityda «Oʻziga ishonch va minnatdorchilik hissi» mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Ushbu seminarda malakali psixogenetik Xulkar Yuldasheva universitet talabalari bilan oʻziga ishonch va minnatdorchilikning oʻqish va ishda qanchalik muhim rol oʻynashi haqida yaqindan suhbatlashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, treninglar oʻtkazildi. Talabalar ham, oʻqituvchilar ham faol ishtirok etdilar.










