«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida faollar, mahalla raisi va hokimiyat vakillari ishtirokida 35 tup mevali va manzarali daraxt ekildi. Ulardan 15 tasi universitetimiz hududiga, 20 tasi esa mahallaga ekildi. Bundan tashqari, talabalar ishtirokida universitet hududiga gullar ekildi.









