Robotexnika
27-fevral kuni STARS International Universityda robotexnika bo‘yicha tanishuv ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Mehmon sifatida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, "Mexatronika va robotexnika" kafedrasi o‘qituvchisi Sodiqov Xurshid robotexnika tamoyillari, turli sxemalarning tuzilishi haqida so‘zlab berdi, robotexnika va iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirdi. Talabalarning barcha savollariga munosib javob berdi.










