STARS talabalari uchun PWC tomonidan seminar
28-mart kuni universitetda O‘zbekistondagi xalqaro auditorlik kompaniyasi PricewaterhouseCoopers tomonidan "Xalqaro kompaniyaga ishga kirishda suhbatdan qanday muvaffaqiyatli o‘tish kerak" mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Talabalar seminarda faol ishtirok etishga va o‘z savollarini berishga, kompaniya va PwC'da amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun nomzodlarni tanlash jarayoni haqida ko‘p narsalarni bilib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Kompaniyaning STARS International University'ning istiqbolli talabalarini ishga olishdan manfaatdorligi qayd etildi, bu esa o‘z navbatida talabalarga kasbiy faoliyatini rivojlantirish yo‘lida kuchli rag‘bat va imkoniyat beradi.
O‘zbek tilidagi ACCA malakasini o‘z ichiga olgan noyob o‘quv dasturi yetakchi ish beruvchilarning qiziqishini oshirishga yordam beradi. Mehmonlar universitetdagi samimiy kutib olishdan mamnun bo‘ldilar va talabalarimizning faolligi hamda savodli javoblarini ta’kidladilar. Seminarning eng faol ishtirokchilari PwC kompaniyasidan brendli suvenirlar bilan taqdirlandilar.







