OASIS CREDIT
13-mart kuni universitet kampusida Oasis Credit mikromoliya kompaniyasi tomonidan talabalar uchun seminar bo'lib o'tdi. Kompaniyaning mintaqaviy ofisi rahbariyati va biznes-ekspertlari O'zbekistonda va dunyoda o'zlarining muvaffaqiyatli faoliyati haqida batafsil ma'lumot berib, kelajakda ishga joylashish imkoniyati bilan haq to'lanadigan stajirovkalarga muvaffaqiyatli talabalarimizni qabul qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Oasis Credit - bu O'zbekiston bozorida xalqaro ishtirokchiga ega birinchi rasman tasdiqlangan MFO bo'lgan, dinamik rivojlanayotgan mikrokreditlash kompaniyasidir. Kompaniya aksiyadorlari - Buyuk Britaniyaning yetakchi investitsiya kompaniyasi Sturgeon Capital, banklar va MFOlar uchun menejment xizmatlari bo'yicha ixtisoslashgan nemis kompaniyasi Inspiring Development, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kompaniyalarga investitsiya kapitali va ekspert bilimlarini taqdim etuvchi Finlandiyaning davlat rivojlanish va investitsiya tashkiloti Finnfunddir.







