Fransuz Alyansi talabalar uchun seminar
Universitetimizda Toshkentdagi Fransuz Alyansining taqdimoti bo'lib o'tdi. Mehmonlar va ma'ruzachilar orasida Fransiya elchixonasining O'zbekistondagi madaniyat departamenti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Universitet Alyans bilan bir qator masalalar bo'yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishni niyat qilgan.
Seminarda ishtirok etgan talabalar quyidagilar haqida ko'p yangiliklarni bilib olishga muvaffaq bo'ldilar:
- stipendiya dasturlari va talabalar almashinuvi;
- o'quv dasturlari (qisqa muddatli kurslar, magistratura kurslari, DELF, DALF, TCF, TEF);
- Fransiyadagi ixtisoslashtirilgan markazlarda til kurslari;
- mutaxassislikni tanlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni.
Toshkent Fransuz Alyansi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida rasman ro'yxatga olingan. Alyans 5 qit'a, 137 mamlakatda joylashgan 800 ta Fransuz Alyanslarining dunyo miqyosidagi tarmog'iga kiradi. Birinchi Fransuz Alyansi 1883-yilda Parijda buyuk fransuz yozuvchisi Jül Vern va taniqli fransuz olimi Lui Paster tashabbusi bilan tashkil etilgan.







