STARS International University xodimlarning mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishga, xususan, ularning malakasini oshirish, moddiy, ma'naviy va ma'rifiy rag'batlantirishga doimiy e'tibor qaratadi.
Albatta, universitetning asosiy tamoyillaridan biri o'z mehnat faoliyatini vijdonan bajarayotgan oliy o'quv yurti xodimlarini doimiy rag'batlantirishdir.
Shu hafta oxirida STARS International University kasaba uyushmasi tomonidan universitetning moddiy-texnika ta'minoti va oshxona bo'limi xodimlari uchun Xiva shahriga madaniy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida "Ichon-Qal'a", "Ko'hna-Ark", "Dishon-Qal'a" kabi diniy va tarixiy joylarga tashrif buyurildi.
Bunday ma'rifiy sayohatlar xodimlarning o'z Vatanining tarixiy diqqatga sazovor joylari haqidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi, shuningdek, ish samaradorligini kuchaytiradi.










