STARS International University rektori va Ozarbayjon elchisi Huseyn Rzagulu oʻgʻli Guliyev 2023-yil yakunlari boʻyicha hisobot va 2024-yil uchun maqsadlarni muhokama qilishdi.
Uchrashuv chogʻida universitet rektori oʻzbek tiliga tarjima qilingan ACCA DipIFRning eksklyuziv oʻquv qoʻllanmalarini sovgʻa qildi va 31-dekabrda nishonlanadigan Butunjahon ozarbayjonliklar birdamlik kuni bilan tabrikladi.
Shuni eslatib oʻtamizki, faqat STARS International University 14 ta ACCA oʻquv qoʻllanmasidan 10 tasini oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha eksklyuziv huquqlarga ega!
STARS International University ham Oʻzbekistonda, ham Turk davlatlari tashkilotiga aʼzo barcha mamlakatlarda taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi!







