Osiyo-Tinch okeani mintaqasi universitetlari assotsiatsiyasining birinchi to'la huquqli a'zosi
STARS International University O'zbekistonda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi universitetlari assotsiatsiyasining (AUAP) birinchi to'la huquqli a'zosi bo'ldi.
Hamkorlik doirasida universitet assotsiatsiyaning boshqa a'zo universitetlari bilan ta'lim sohasidagi ilg'or tajribalarni almashish uchun ideal maydon bo'lishni, talabalar va xodimlarning almashinuvida ishtirok etishni, ilmiy forumlarga tashrif buyurishni, xalqaro talabalar sport va madaniyat tadbirlarini tashkil etishni, stajirovka va sanoat almashinuvi uchun sanoat akademiyalari bilan hamkorlikni niyat qilgan.
Global yetakchilik dasturlarida ishtirok etish o'quv dasturlarini takomillashtirishga, dunyo bo'ylab bandlik imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga imkon beradi, shu bilan birga STARS International Universityning xalqaro darajaga chiqishiga va dunyoning boshqa universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik o'rnatishga yordam beradi.








