O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan islohotlari va tashabbuslari hamda 2023-yilning Inson qadrini ulug‘lash va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan, STARS International University ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga hissa qo‘shib, Britaniya Standartlari Instituti (BSI) tomonidan sertifikatlashtirishdan muvaffaqiyatli o‘tdi va Amerika Milliy Standartlari Instituti (ANAB-ANSI) tomonidan qo‘shimcha akkreditatsiyaga sazovor bo‘ldi.
Britaniya Standartlari Instituti 1901-yilda o‘z faoliyatini boshlagan va bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli akkreditatsiya organi, shuningdek, zamonaviy dunyoda boshqaruv tizimlarining barcha jihatlarini qamrab oluvchi standartlarning eng yirik global provayderi hisoblanadi.
STARS Universitetida quyidagi yo‘nalishlarda ISO 9001:2015 standarti talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimi joriy etilgan:
Bakalavr darajalarini, L2AC, L3IFDHES akademik darajalarini va global sertifikatlashtirish dasturlarini taqdim etish
STARS International University yaqin kelajakda, masalan, ISO 37001 – korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi kabi bir qator boshqa xalqaro standartlar bo‘yicha qo‘shimcha sertifikatlashtirishdan o‘tishni rejalashtirmoqda.








