STARS International Universityga O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston otchilik va ot sporti federatsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi - G‘aziyev Baxromjon Vali o‘g‘li, Bosh kotib - Nodir Ibragimov va bosh murabbiy - Bekzod Kurbanovlar hamrohligida rasmiy tashrif bilan keldi.
Bugun federatsiyalar va STARS International University o‘rtasida mamlakatimiz va butun mintaqa uchun tarixiy ahamiyatga ega noyob xalqaro loyihalarni amalga oshirish imkonini beradigan muhim hamkorlik shartnomasi imzolandi.
G‘aziyev Baxromjon Vali o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimizning ilmiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirish, shuningdek, Vatan mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatda taraqqiyot, tinchlik va ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali jamoat faoliyati uchun medal bilan taqdirlandi.







