DIQQAT!
O'zbekistondagi yagona universitetga abiturientlarni qabul qilish boshlandi, bu yerda STARS milliy diplomiga qo'shimcha ravishda, milliy va xalqaro oqim talabalari 2 ta Britaniya Diplomini olish imkoniyatiga ega.
Imtihonlarni topshirish shartlari:
"52309000 - Buxgalteriya hisobi va audit" mutaxassisligi.
Ta'lim shakli: kunduzgi va sirtqi
Kirish imtihonlari 5 ta quyidagi yo'nalish bo'yicha test shaklida o'tkaziladi:
ingliz tili, matematika, mantiq, IQ, kasbiy yo'nalish testi.
Imtihondan o'tish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta) bilan belgilangan manzilga (lokatsiya) dushanbadan yakshanbagacha soat 10:00 dan 16:00 gacha kelishingiz kerak.
Kirish imtihonini topshirish uchun 450 ming so'm to'lov qilinadi.
Eslatma: har qanday amaldagi xalqaro sertifikatlardan (TOEFL iBT, TOEFL ITP, Cambridge Assessment English, Linguaskill, Pearson PTE, CEFR, IELTS, CPE…) biriga ega bo'lgan xalqaro oqim abiturientlari ingliz tili imtihonidan ozod qilinadi.
Milliy oqim uchun asosiy ballar matematika va mantiq fanlari bo'yicha to'planadi. Ingliz tili, IQ, kasbiy yo'nalish qo'shimcha ballar sifatida hisoblanadi.
Xalqaro oqim uchun asosiy ballar ingliz tili va matematika fanlari bo'yicha to'planadi. Mantiq, IQ, kasbiy yo'nalish qo'shimcha ballar sifatida hisoblanadi.
Eng yuqori ball to'plagan abiturientlar suhbatga taklif etiladi, muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng shartnoma tuziladi va STARS International University talabaligiga qabul qilinadi.
Imtihonlar ochiq va shaffof tarzda o'tkaziladi: kompyuter platformasida, inson omilisiz va video kameralar nazorati ostida.
Shartnoma narxi:
Sirtqi ta'lim – 22 000 000 so'm;
Kunduzgi ta'lim - 24 000 000 so'm;
Qabul sanasi: 2022 yil 19 avgustdan 10 sentyabrgacha (shanba va yakshanba kunlari ham kiradi)
Kirish imtihonlaridan o'tish uchun quyidagi havola orqali oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi: https://bit.ly/3QR5ESR
Qo'shimcha ma'lumotni quyidagi raqam orqali olishingiz mumkin:
+998 78 129 19 19







