Xalqaro Yangi Nafas yugurish musobaqasi

Xalqaro Yangi Nafas yugurish musobaqasi

Toshkentda Yangi Nafas poyga maydonida - Humo Arena sport majmuasi hududida bo'lib o'tdi.

STARS International Universitydan 104 nafar yuguruvchi, jumladan 82 talaba va 22 nafar universitet xodimi ishtirok etdi. STARS International University rektori Bahrom G'urbonov ham shaxsan o'zi yugurishda qatnashdi. 

Universitet rahbariyati STARS vakillari uchun qulay sayohat avtobuslari, brendlangan sport formasi, bayroqlar va bandanalar, ko'p miqdorda shishali suv tashkil etdi va tadbir yakunida barcha ishtirokchilarimiz uchun "KitchenbySTARS" brendli talabalar oshxonasida tushlik uyushtirildi.

Barcha yuguruvchilarimizga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik belgisi sifatida Yangi Nafas medallari topshirildi. 

Yangi Nafas marafoni tashkilotchilari O'zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlar hokimiyatlari, "O'zbekneftgaz" AJ va Yengil atletika federatsiyasi bo'ldi.

https://www.youtube.com/watch?v=629QiT3Z-MA


Boshqa yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi.Navro'z bayrami bilan tabriklaymiz!YURISPRUDENSIYA — YENGI BOSQICH. O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI MARTA

2026 - 2027 o‘quv yili uchun qabul ochiq

Ro‘yxatdan o‘tish 1-iyungacha

Kurs: Pre-Foundation

Davomiyligi: 3 oygacha (iyun–avgust)

Dars jadvali: har bir fan bo‘yicha haftasiga 3 marta

STARS University’dagi birinchi yil dunyoning Top-100 reytingidagi universitetlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan!

STARS safiga qo‘shilingSharhlarni ko‘rish

Ariza qoldirish

Telefon*