9-dekabr kuni STARS International University talabalari o'rtasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tanlov o'tkazildi.
Tanlov shartlariga ko'ra, talabalar guruhlarga bo'linib, "Xususiy tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish" mavzusida taqdimotlar qilishdi.
Ma'lumotlar va videolarni o'z ichiga olgan qiziqarli taqdimotlar tayyorlandi.
G'oliblar quyidagi miqdordagi esdalik diplomlari va moddiy mukofotlar bilan taqdirlandilar:
1-o'rin - 1 800 000 so'm
2-o'rin - 1 000 000 so'm
3-o'rin - 600 000 so'm
Qolgan ishtirokchilar ham 200 000 so'm miqdorida moddiy mukofotlar olishdi, shuningdek, har biriga KITCHEN BY STARS da 100 000 so'm miqdorida bepul ovqatlanish uchun vaucher topshirildi!
Video: STARS International University







