Hamkorlik to'g'risidagi memorandum
STARS International University va O'zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi qo'shma tadqiqotlar va qo'shma ta'lim loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan hamkorlik to'g'risidagi kelishuvni imzoladi. Hamkorlik O'zbekistonda buxgalteriya hisobi va audit fanini hamda amaliyotini rivojlantirishda hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Tomonlar, shuningdek, universitet bitiruvchilarini Assotsiatsiyaning o'zida va Markaziy Osiyodagi boshqa tashkilotlarda amaliyot o'tashlari va keyinchalik ishga joylashtirishda faol yordam berishni niyat qilganlar.
O'zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi mamlakat buxgalterlari va auditorlari professional hamjamiyatini shakllantirishda bosh-qosh bo'lib, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi IFAC (International Federation of Accountants) ning assotsiatsiyalangan a'zosi, Yevroosiyo Sertifikatlangan Buxgalterlar va Auditorlar Kengashi ECCBA (Евразийского Совета Сертифицированных Бухгалтеров и Аудиторов) ning amaldagi a'zosi va MDH mamlakatlari buxgalteriya hisobi metodologiyasi va rivojlanishi bo'yicha koordinatsion kengashining a'zosidir.







