Britaniya milliy maktab dasturining kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari bo'yicha davlat akkreditatsiyasi

Britaniya milliy maktab dasturining kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari bo'yicha davlat akkreditatsiyasi

Boshlang'ich kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari bo'yicha Britaniya milliy maktab dasturining davlat akkreditatsiyasi


Ta'lim sifatini oshirish bo'yicha davlat loyihasi doirasida, shuningdek, ko'p yillik muvaffaqiyatli faoliyatdan olingan ilg'or tajribaga asoslanib, STARS International University mintaqada sifatli Britaniya ta'limini taqdim etishda yetakchi bo'lishga intiladi. Shu munosabat bilan universitet mamlakatda maktab ta'limini rivojlantirishga ham e'tibor qaratadi.

⠀

Avvalo, dasturni amalga oshirish va butun respublika bo'ylab maktablarda keng miqyosda ta'lim berish uchun NCC Education Britaniya akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya olindi. Barcha malakalar Buyuk Britaniya hukumat organlari tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Bugungi kunda davlat litsenziyasini olish mamlakat rahbariyatining ta'lim sohasidagi samarali islohotlar va muvaffaqiyatli o'zgarishlarga tayyorligidan dalolat beradi.

⠀

Shuni ta'kidlash joizki, STARS International University 2021-yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi bilan mamlakat maktablarida boshlang'ich kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari bo'yicha Britaniya milliy maktab dasturini joriy etish bo'yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolagan. Ta'limni tugatgandan so'ng, dastur bitiruvchilari xalqaro o'rta ta'lim to'g'risidagi attestatga ekvivalent bo'lgan Level 2 Award in Computing ni oladilar, shuningdek, yakuniy imtihonlarni topshirgandan so'ng, 2 ta Amerika TOEFL va SAT sertifikatlariga ega bo'ladilar.

Boshqa yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi.Navro'z bayrami bilan tabriklaymiz!YURISPRUDENSIYA — YENGI BOSQICH. O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI MARTA

2026 - 2027 o‘quv yili uchun qabul ochiq

Ro‘yxatdan o‘tish 1-iyungacha

Kurs: Pre-Foundation

Davomiyligi: 3 oygacha (iyun–avgust)

Dars jadvali: har bir fan bo‘yicha haftasiga 3 marta

STARS University’dagi birinchi yil dunyoning Top-100 reytingidagi universitetlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan!

STARS safiga qo‘shilingSharhlarni ko‘rish

Ariza qoldirish

Telefon*