STARS International Universityda Xalqaro talabalar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Universitet rektori Bahrom G'urbonov talabalarga murojaat qilar ekan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng ilg'or Universitetda, umuman olganda, O'zbekistondagi yagona Oliy ta'lim muassasasi bo'lib, ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) sertifikatlangan hamkori hisoblanadi. Bu yerda tinglovchilar o'z ona o'zbek tilida eng yangi metodika bo'yicha buxgalteriya hisobi va auditni o'rganadilar, deb ta'kidladi.
Bayram munosabati bilan tadbir mehmonlari va talabalar ko'ngilochar musobaqalardan so'ng, milliy oshxonamizning eng yaxshi an'analariga muvofiq tayyorlangan palovdan bahramand bo'ldilar.









