Mintaqadagi ACCA tomonidan tan olingan o'quv dasturiga ega yagona universitet
STARS Xalqaro Universiteti Buyuk Britaniyadagi universitetning strategik hamkori bo'lgan ACCA tomonidan "Buxgalteriya hisobi va audit" bakalavriat ta'lim dasturining to'liq akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Shuni ta'kidlash joizki, ta'lim dasturi Buyuk Britaniyadagi bakalavriat dasturlari standartiga mos keladi va xorijiy malakalar va ko'nikmalarni tan olish va baholash bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi global tashkilot bo'lgan Britaniyaning ECCTIS (sobiq UK NARIC) milliy agentligi tomonidan tan olingan.
Shu tariqa, fakultetning xalqaro va milliy oqim bitiruvchilari ACCA malaka imtihonlarining 9 tasidan ozod qilinadi, bakalavr darajasiga ekvivalent bo'lgan kengaytirilgan ACCA diplomini olish huquqiga ega bo'ladilar, shuningdek, magistrlik darajasiga ekvivalent bo'lgan ACCAning yakuniy o'quv moduli - "Strategik Professional"ni ingliz tilida to'g'ridan-to'g'ri davom ettirishlari mumkin.








