Buyuk Britaniya ta'lim vazirligi huzuridagi Buyuk Britaniya Qirolligi Milliy malaka va ko'nikmalar axborot markazi STARS International University tomonidan beriladigan bakalavr darajasini Britaniya bakalavr darajasiga ekvivalent deb rasman TAN OLDI, unga bir xil huquqiy maqom va nostrifikatsiyadan ozod qilishni taqdim etdi.
STARS International University O'ZBEKISTON TARIXIDA davlat va nodavlat Oliy ta'lim muassasalari orasida bunday global e'tirofga sazovor bo'lgan BIRINCHI universitetdir!
STARS International University mintaqada yagona bo'lib, Buyuk Britaniya hukumatining nomidan xorijiy malaka va ko'nikmalarni tan olish va baholash xizmatlarini taqdim etuvchi global tashkilot bo'lgan va Ichki ishlar vazirligining fuqarolik va viza berish, shuningdek, xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo'yicha rasmiy hamkori bo'lgan Britaniya milliy ECCTIS agentligining a'zosi hisoblanadi.








