30 yil avval, aniqrog'i 1992-yil 10-dekabrda, davlatimizning asosiy ramzlaridan biri - O'zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilindi!
Matn muallifi mashhur o'zbek shoiri - Abdulla Oripov, madhiya musiqasini esa o'zbek kompozitori Mutal Burhonov yaratgan.
STARS International University'dagi har qanday tadbir, uning ko'lami va darajasidan qat'i nazar, har doim O'zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlanadi!
Vatanimiz madhiyasi yuksak vatanparvarlik tuyg'usini ifodalaydi va jamiyatda yuksak ma'naviy boshlanishni mustahkamlashda, yosh avlodni milliy an'analarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida o'rin tutadi!
Video: STARS International University







