Har yakshanba kuni STARS talabalar turar joyida tekshiruv o'tkaziladi, bu orqali eng toza va ozoda xonalar tanlab olinadi. G'oliblar kitchenbySTARS'dan maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi - bu italyan pizzalari, fransuz kruassanlari va milliy somsamiz.
Lekin shuni ta'kidlash kerakki, har bir xonada davriy ravishda fidokorlikda o'rnak bo'la oladigan yigitlar tanlab olinadi. Aynan shu tariqa universitet rahbariyati yotoqxonada yashovchi eng faol va tartibli 10 nafar talabani tanlab oldi.
"Bizni birlashtirgan qadriyat - bu bizning sevimli o'zbek xalqimiz" - degan shior ostida STARS International University rektori Bahrom G'urbonov, yotoqxonada yashovchi O'zbekistonning 28 ta yetakchi universitetlaridan 10 nafar talabaga "Challenge" sport majmuasidan foydalanish uchun sertifikatlar topshirdi.
https://www.youtube.com/watch?v=R-WWpUwHQsg







