23-dekabr kuni universitet rektori tashabbusi bilan Buyuk Ipak Yo'li MFYda yashovchi va "Temir daftar"ga kiritilgan kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun "Yangil yil archasi" bayrami tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Qorbobo, Qorqiz o'zlarining qiziqarli chiqishlari bilan bolalarni xursand qilishdi.
Bundan tashqari, bolalar uchun turli o'yinlar va ziyofat dasturxoni tashkil etildi.
Tadbir yakunida ularga yangi yil sovg'alari topshirildi.







