Buyuk shoir va mutafakkir - Alisher Navoiy
9-fevral kuni universitetimizda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud ayyomiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Insonparvarlik g'oyalari, tinchlik, oliy insoniy his-tuyg'ular haqidagi Alisher Navoiyning buyuk asarlari besh asrdan oshgan bo'lsada, jahon adabiyoti xazinasida o'z munosib o'rnini egallab kelmoqda.
Buyuk shoir va mutafakkirning o'ziga xos she'riy olami - umuminsoniy g'oyalar, baxt haqidagi fikrlar va orzularning sintezidir, shuning uchun uning asarlari ma'naviy kuch manbai bo'lib, yosh avlodlarga axloqiy saboq bo'lib xizmat qilishi ajablanarli emas.







