18-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti bazasida 3x3 Winter Festival 2024 basketbol turniri bo'lib o'tdi.
STARS University o'yinchilari MEN 18+ toifasida 2 ta jamoa bilan ishtirok etishdi. Ular nafaqat muvaffaqiyat qozonishdi, balki ajoyib sport yutuqlarini namoyish etib, 1 va 3-o'rinlarni egallashdi!
STARS jamoasi o'yinchisi Abdurashidov Aziz 18 ta zarba bilan uzoq masofadan uloqtirish bo'yicha rekord o'rnatdi!









