O'zbekistondagi eng talabgir universitet "STARS International University"da uzoq kutilgan qabul jarayoni boshlandi.

DIQQAT E'LON!
O'zbekistondagi eng talabgir universitetga uzoq kutilgan qabul jarayoni boshlandi. Oliygohimizda xalqaro hamda milliy yo'nalishdagi talabalar "STARS" milliy diplomi bilan birgalikda, 2-ta Britaniya diplomini qo'lga kiritadilar.
Imtihon shartlari:
"52309000 – Buxgalteriya Hisobi va Audit" yo'nalishi
Ta'lim formati: kunduzgi va sirtqi
Kirish imtihonlari quyidagi 5 yo'nalishda bo'lib o'tadi:
ingliz tili, matematika, mantiq, IQ va kasbiy layoqatni aniqlash testi
Kirish imtihonini topshirish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi (pasport/IDcard) hujjat bilan ko'rsatilgan manzilga dam olish kunlarisiz, 10:00 dan 16:00 gacha o'tkaziladi.
Kirish imtihoni uchun to'lov 450 ming so‘mni tashkil etadi.
Eslatma: Ingliz tilidan quyida ko'rsatilgan xalqaro sertifikatlardan (TOEFL iBT, TOEFL ITP, Cambridge Assessment English, Linguaskill, Pearson PTE, CEFR, IELTS) biriga ega bo'lgan xalqaro yo'nalish abituriyentlari, imtihondan ozod etiladi.
Milliy yo'nalish abituriyentlari, asosiy ballarni matematika va mantiq fanlaridan yig'ishlari kerak. Ingliz tili, IQ va kasbiy layoqatni aniqlash testlari qo'shimcha ballar sifatida qabul qilinadi.
Xalqaro yo'nalish abituriyentlari, asosiy ballarni ingliz tili va matematika fanlaridan yig‘ishlari kerak. Mantiq, IQ va kasbiy layoqatni aniqlash testlari qo‘shimcha ball sifatida qabul qilinadi.
Yuqori ball to‘plagan abituriyentlar intervyuga taklif etiladilar hamda "STARS International University" bilan shartnoma imzolanadi.
Kirish imtihonlari ochiq va shaffof o'tkaziladi: imtihonlar kompyuter platformasida, inson omili ishtirokisiz va videokuzatuv ostida bo'ib o'tadi.
1-yillik o'quv shartnoma bahosi:
Sirtqi ta'lim: barcha kurs uchun – 22 000 000 so'm;
Kunduzgi ta'lim: barcha kurs uchun – 24 000 000 so'm;
Qabul vaqti: 19-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi.
Quyidagi ilova orqali ro'yxatdan o'ting https://bit.ly/3QR5ESR
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+998 78 129 19 19