ACCA rahbariyatining STARS ga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan universitetimizga ACCA Evroosiyo bo‘yicha rahbari – Katka Beneshova, ACCA Qozog‘iston rahbari – Janna Iskenova, shuningdek, hududiy rivojlanish bo'yicha menejer - Quvondiq Moldabayev vakillik qilgan Britaniyaning Xalqaro Diplomli Sertifikatlangan Buxgalterlar Assotsiatsiyasi mintaqaviy rahbariyati delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Muhokamalar davomida ACCA vakillari hamkorlikni yanada rivojlantirishning global istiqbollari haqida gapirib, STARS International University ni bo‘lajak noyob tashabbus va ishlanmalarda qo‘llab-quvvatlashga to‘liq tayyor ekanliklarini bildirdilar. Biz fakultetdagi muvaffaqiyatlarimiz haqida batafsil ma'lumot berishga muvaffaq bo'ldik, mintaqada ACCA malakasini rivojlantirish va targ'ib qilish bo'yicha keyingi strategiyani belgilab oldik va, albatta, STARS International University ning milliy bakalavr darajasining tan olinishi haqidagi yorqin xabarni ya'ni Britaniya hukumati bo‘lgan ECCTIS (Buyuk Britaniya ENIC) milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan 52309000 – Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi bo‘yicha universitet tomonidan berilgan ushbu yo‘nalishdagi diplom Britaniya universitetlarining bakalavriat darajasiga ekvivalenti sifatida tan olinishi va Britaniya ta'lim tizimida nostrifikatsiyani talab qilinmasligi haqida ularni tanishtirdik.
STARS International University ACCA kvalifikatsiyalari va tegishli global sertifikatlash bo‘yicha o‘qitish borasida ko‘p yillik muvaffaqiyatli amaliyot bilan bir qatorda dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan va haqli ravishda ACCA akkreditatsiyasidan o‘tgan yagona davlat tili bo‘yicha bakalavriat dasturiga ega bo‘lgan, bitiruvchilari ingliz yoki rus tillaridagi rasmiy ACCA imtihonlaridan ozod qilingan o‘quv dasturini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi.