STARS International University Qoshidagi Maktablarni, o‘rta-maxsus va professional ta’limni rivojlantirish fondi

DIGI STARS — CHEGARASIZ TA‘LIM

Ariza yuborish
DIGI NIMA?
DIGI STARS - Maktablarni, o’rta-maxsus va professional ta’limni rivojlantirish fondi boshchiligida 1-11 sinf o'quvchilari uchun mo’ljallangan boshlang'ich va o'rta ta'lim uchun kompleks o'quv dasturi bo'lib, maktab o'quvchilari uchun XXI asrning zamonaviy raqamli bilim asoslari bo'yicha ortiqcha kuch sarflamasdan ta'lim berish imkoniyatini yaratuvchi ta’lim dasturi

DIGISTARS dasturi bilan oʻquvchilar nafaqat bilim oladi, balki muvaffaqiyatga erishib, uni qoʻllashni ham oʻrganadi.

DIGI STARS haqida faktlar

Britaniya Milliy kompyuter o’quv Dasturi bilan uyg’unlashtirilgan

01

O’quvchi va O’qituvchi qo’llanmalari, bosma yoki elektron shaklda tayyorlangan

02

Har bir bosqichni tamomlagan o’quvchilarga Sertifikat taqdim etiladi

03

Shuningdek, Ofqual tomonidan tartibga solinadigan "LEVEL 2 Award in Computing» shaxodatnomasi taqdim etiladi

04

Ta’lim tizimi

EXPLORERS

1-2 sinf

Bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan Britaniya milliy maktab dasturining birinchi bosqichi bo‘lib, u bolalar orasida ommalashgan va qiziqarli bo’lgan SCRATCH dasturlash tilidan foydalangan holda hisoblash tafakkuri, tarmoq xavfsizligi, raqamli sohadagi savodxonlik va kodlash asoslari bilan tanishtiradi

Raqamli dizayn

Axborot taqdim etish

Maʼlumotlarni qayta ishlashх

Dasturlash

Dasturlash tillari::

Barcha uchun - $44, DIGI STARS o’quvchilari uchun $0 (Universitet tomonidan qoplanadi)

TRAILBLAZERS

7, 8, 9 sinf

Ishtirokchilardagi dasturlashga oid mavjud bilimlar dasturlashning yanada ilg’or SCRATCH va PYTHON darslari yordamida kengayib boradi

Qanday qilib tarmoqda o‘zini va do‘stlarni himoya qilish mumkin

Algoritmlar yordamida muammolarni yechish

Maʼlumotlar turi

Kompyuter dasturlarini loyihalash va ishlab chiqish

Kompyuter mantig‘i va raqamli tushunchalar

Kompyuter modellari va simulyatsiyalar

Komyuter tizimlari

Dasturlash tillari::

Barcha uchun - $44, DIGI STARS o’quvchilari uchun $0 (Universitet tomonidan qoplanadi)

LEVEL 2 AWARD

10-11 sinf

Mazkur bitiruvchi dasturda ishtirokchilarning dasturlash bilimlari yanada ilg’or PYTHON darslari, shuningdek butun jahonda dasturlashning eng mashhur tili JAVA tizimiga kirishni taʼminlovchi darslar yordamida mustahkamlanadi

DIGI Level 2 Award in Computing bitiruvchilariga Britaniya hukumati tomonidan kompyuter savodxonligi sohasida o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi xalqaro umumiy shahodatnoma (IGCSE) muqobili beriladi. Bu o‘quv dasturining oxirgi to’rtinchi asosiy bosqichi.

Dasturlash tillari::

DIGI Level 2 Award in Computing bitiruvchilariga Britaniya hukumati tomonidan kompyuter savodxonligi sohasida o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi xalqaro umumiy shahodatnoma (IGCSE) muqobili beriladi. Bu o‘quv dasturining oxirgi to’rtinchi asosiy bosqichi.

REGULATED BY::

Ofqual, DfE va DSIT Angliyada ta'lim sifatini ta'minlash uchun hamkorlik qiladi. DfE ta'lim siyosatini belgilaydi, Ofqual imtihon va baholash sifatini nazorat qiladi, DSIT esa texnologiyalarni qo'llab-quvvatlaydi. Ular o'quvchilarning ko'nikma va bilimlarini aks ettiruvchi tizimni rivojlantiradi.

UCAS - Oliy taʼlim kurslariga arizalarni boshqarish boʻyicha Buyuk Britaniyaning markaziy tashkiloti

Instructus Skills - Buyuk Britaniyaning eng yirik shogirdlik sertifikatlash organi

DIGI STARS dasturidan muvaffaqiyatli o‘tish uchun ishtirokchilar qo’shimcha mashg’ulotlarni ham olishlari mumkin:

INGLIZ TILI

Dastur ishtirokchilarining TOEFL kabi nufuzli imtihonlarga to‘liq tayyorlangani ularga xorijda o‘qish va ishlash yo‘lida ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochadi

Jumladan dastur:

TOEFL - PRIMARY (5 sinf) JUNIOR (9 sinf) iBT (11 sinf)

TOEFL - global imkoniyatlar yo‘lida sizning pasportingiz

TOEFL (Test of English as a Foreign Language) — bu ingliz tilini bilish darajasini baholaydigan dunyodagi yetakchi xalqaro imtihonlardan biridir. Educational Testing Service (ETS) tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladigan ushbu imtihon, 1947-yilda tashkil etilgan ushbu nodavlat tashkilot tomonidan ilk bor 1964-yilda o’tkazilgan

TOEFL Primary (5-sinf)

8+
boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun, o‘qish, eshitish va tushunish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni baholaydi

TOEFL Junior (9-sinf)

11+
o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun, kundalik va akademik muloqot ko‘nikmalarini sinaydi

TOEFL iBT (11-sinf)

16+
katta yoshdagi talabalar va kattalar uchun mo‘ljallangan, o‘qish, tinglash, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholaydi

TOEFL haqida asosiy ma’lumotlar::

01

150 mamlakatda 11 000 dan ortiq universitetlar va muassasalar. tomonidan qabul qilinadi

02

60 yildan ortiq tarixga ega

bo‘lgan TOEFL dunyoda eng ko‘p tan olingan va e’tirof etilgan testlardan biridir

03

Har yili millionlab talabalar o‘z bilimlarini isbotlash uchun aynan TOEFLni tanlaydi

Nima uchun TOEFL tanlash kerak?

Maktablar, litseylar, kollejlar va texnikumlar uchun TOEFLga tayyorlov kurslarini kiritish orqali o‘quvchilaringizga xalqaro ta’lim maydonida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatini berasiz. Bu nafaqat ularning bilimlarini tan olishga yordam beradi, balki yuqori akademik maqsadlarga erishishda ham ularga yordam beradi.

TOEFL — bu xalqaro e’tirof etilgan yetakchi test, IELTS yoki boshqa testlardan ustun!

MATEMATIKA

Matematika asoslarini o’quvchilarga yanada qulay va chuqurlashtirib o‘rgatish masadida ularni SAT imtihoniga tayyorlaymiz.

SAT: DUNYO BO‘YLAB ENG NUFUZLI UNIVERSITETLARGA YO‘L!

SAT (Scholastic Assessment Test) — bu xalqaro imtihon bo‘lib, dunyoning barcha nufuzli universitetlari, xususan, Garvard, MIT, Stenford, Oksford, Yel va boshqa ko‘plab oliygohlar tomonidan qabul qilinadi. Bu test eng yaxshi universitetlarga kirish uchun majburiy hisoblanadi va minglab nomzodlar orasida sizni ajratib turadi.

Nima uchun SAT muhim?

Eng nufuzli universitetlarga kirish uchun asosiy mezon

SAT ballari orqali grantlar va stipendiyalar yutib olish imkoniyati bor

Imtihon matematika, o‘qish va yozish bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarni baholaydi, bu esa eng yaxshi oliygohlarda o‘qish uchun muhimdir

SAT NI TOPSHIRING VA ENG YAXSHI KELAJAKKA YO‘L OCHING!

STARS International University — TOEFL va SAT bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik kompyuterlashtirilgan imtihon markazi va rasmiy hamkor

Bizning barcha sertifikatlangan sinov maydonchalarimiz xavfsiz muhitni, xususan, elektr generatorlari va Internetga asoslangan testlarni qo'llab-quvvatlash uchun yuqori tezlikdagi internet o'tkazish qobiliyatiga ega yetarli miqdordagi eng yangi kompyuterlar bilan ta'minlaydi

Toshkentdagi STARS Kompyuterlashtirilgan Axborot-resurs va imtihon markazi

Nukus shahridagi Berdaq nomidagi STARS Kompyuterlashtirilgan Axborot-resurs va imtihon markazi

Qarshi shahridagi Amir Temur nomidagi STARS Kompyuterlashtirilgan Axborot resurs va imtihon markazi

Maktab, o’rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining oxirgi ikki yilini International Foundation Year/Diploma bilan birlashtirib, nufuzli bakalavr dasturlariga kafolatlangan kirish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

- 100

universitetlar

150+

hamkor universitetlar

12

Russel group universitetlari

Ariza yuborish

International Foundation Year/Diploma - hamkor universitetlar

International Foundation Year/Diploma nima?

International Foundation Year/Diploma (IFY/D) - universitetdan oldingi bir yillik dastur bo'lib, yuzma-yuz hamda masofaviy shaklda olib boriladi. Dastur talabalarga ko‘plab sohalar bo'yicha universitet ta'limiga kirish yo'lini taqdim etish uchun mo'ljallangan

Mahalliy o'rta ta\’lim

International Foundation Year/Diploma

O'tish: 150+ universitetlar / 6000+ yo‘nalishlarga kirish

Bakalavr darajasi

International Foundation Year/ Diploma qisqa vaqt 9 oy ichida o’rganing va yakunlang!

Ingliz tilini o'qish, yozish, gapirish va tinglash borasida yaxshilang

O'zingiz yoqtirgan yo'nalish faniga o'tishga imkon beradigan modullarni tanlang

O'zbekiston hamda dunyoning ko'plab universitetlariga to'g'ridan - to'g'ri kirish imkoniyati

International Foundation Year/Diploma uchun mavjud ta'lim yo'nalishlari hamda modullari

TEXNOLOGIYA VA FAN:

  • Kosmik texnologiya va tadqiqotlar
  • Muhandislik, jumladan mexanik muhandislik
  • Nanotexnologiya
  • Elektronika va robototexnika
  • Kimyo texnologiyasi va energetika
  • Konchilik va geologiya
  • Ekologiya va barqaror rivojlanish

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MUHANDISLIK::

  • IT va dasturlash
  • Sun’iy intellekt va mashinani o’rganish
  • Kiberxavfsizlik
  • Robototexnika va avtomatlashtirish
  • Mexatronika

TIBBIYOT VA SOG‘LIQNI SAQLASH::

  • Tibbiyot
  • Stomatologiya
  • Farmasevtika

DIZAYN VA IJODIY SOHALAR::

  • Arxitektura
  • 2D/3D animatsiya va grafik dizayn
  • Marketing va savdo
  • Moda va dizayn

GUMANITAR FANLAR VA HUQUQA::

  • Huquq
  • Jamiyatshunoslik
  • Tarix va madaniyat
  • Psixologiya

TA’LIM VA MENEJMENT::

  • Sport menejmenti
  • Ta’lim
  • Mehmondo‘stlik va turizm
  • Falsafa

IQTISODIYOT VA BIZNES::

  • Moliya
  • Iqtisodiyot
  • Biznes boshqaruvi
  • Xalqaro munosabatlar
  • Global biznes texnologiyalari
  • Loyihalarni boshqarish

…va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar

Kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari bo‘yicha Ta‘lim muassasasini, o‘rta-maxsus va professional ta'limni rivojlantirish fondiga murojaat

Shaxsiy ma'lumotlar
Ta‘lim muassasasi internet bormi
  • Kompyuter sinflarining fotosurati (fayllar miqdori 5 tadan oshmasligi, har bir fayl o'lchami 5 MB dan ortiq bo'lmasligi lozim, formatlari esa jpeg, jpg, png)

Biz bilan bog'laning

Savollar tug'ildimi? Maslahatchimiz mamnuniyat bilan javob beradi va ixtisoslikni tanlashda yordamlashadi.

Ariza shakli

STARSga kirish

Yangi foydalanuvchi

Yaratmoq
notice